O‘zbekiston | 13:55 / 10.02.2025
17506
2 daqiqa o‘qiladi

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Kunduzgi harorat 0…+5 daraja bo‘ladi. 12 fevraldan harorat asta-sekin ko‘tarila boshlaydi, 14 fevralga borib havo +8…+11 darajagacha iliydi.

Foto: Kun.uz

Joriy haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massasi ta’sirida bo‘ladi, deya xabar berdi «O‘zgidromet». Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

13 fevralda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda, shuningdek, O‘zbekistonning cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

14 fevralda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat eng chekka janubda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Havo harorati 10–11 fevral kunlari kunduzi 0…+5 daraja, kechasi 0…–5 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda –6…–8 darajagacha bo‘ladi.

12 fevraldan harorat asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va 13–14 fevral kunlariga borib havo kunduzi +8…+11, janubda +12…+14 darajagacha iliydi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda dushanba kuni kechqurun biroz qor yog‘ishi mumkin. 11–12 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, 13 fevralda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. 14 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi –3…+2, kunduzi 10–11 fevral kunlarida 0…+5, 12–14 fevral kunlarida +8…+10 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.

Mavzuga oid