Jahon | 09:40 / 08.02.2025
1406
1 daqiqa o‘qiladi

Urushga qarshi bo‘lgan «Belaruskі Gayun» loyihasi o‘z ishini to‘xtatdi

«Belaruskі Gayun» faoliyatini to‘xtatishi sabablari ko‘rsatilmagan, biroq avvalroq uning Telegramʼdagi chat-botiga hakerlik hujumi uyushtirilgani xabar qilingandi. Bu kanalga qo‘shinlar harakati to‘g‘risida ma’lumot uzatgan odamlarni jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilmoqda.

Foto: 24tv.ua

Rossiya va Belarus qo‘shinlarining Belarus bo‘ylab harakatlanishini kuzatgan urushga qarshi «Belaruskі Gayun» loyihasi 7 fevral, juma kuni o‘zining Telegram-kanalida o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi.

Bunday qaror sabablari keltirilmagan, biroq avvalroq kanalning Telegramʼdagi chat-botiga hakerlik hujumi uyushtirilgani xabar qilingandi. 5 fevral kuni loyiha asoschisi, belaruslik fotosuratchi Anton Motolko internet akkauntlaridan ma’lumot yuborgan yoki yozgan fuqarolarni xavfsizlikka tahdid haqida ogohlantirgan.

7 fevral kuni «Belaruskі Gayun» loyihasi bo‘yicha dastlabki shaxslar qo‘lga olinganlar ma’lum bo‘ldi. Digital Intelligence Team loyihasi o‘zining Telegram-kanalida ushlanganlardan birinchisi – Mozir neftni qayta ishlash zavodi xodimi Maksim Nikitenko ekanini bildiri.

Mavzuga oid