Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sudlanuvchilarning 40 foizini TIZOdan urushga olib ketish rejalashtirilyapti
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi sentabr oyi oxirida sinov bosqichida Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. U hali kuchga kirgani yo‘q, ammo urushga kirishmoqchi bo‘lgan sudlanuvchilar sonini hisoblash allaqachon boshlangan, deb yozadi «Vajnyye istorii».

Foto: Dario Pignatelli / Reuters
Rossiya hukumati tergov izolyatorlarida (TIZO) saqlanayotgan 60 ming ayblanuvchining qariyb 40 foizini urush hududiga jo‘natishi mumkin, deb xabar berdi «Vajnyye istorii» nashri 1 oktyabr, seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib.
Rossiya Davlat dumasi 2024 yil sentabr oyi oxirida sinov bosqichida Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Ilgari bunday imkoniyat faqat tergov ostidagi yoki sudlanganlar uchun mavjud edi. Qonun hali kuchga kirgani yo‘q, biroq «maxsus harbiy operatsiya zonasi»da xizmatga jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilarga qancha sudlanuvchi harbiy xizmatga yaroqliligini va ularning qanchasi shartnoma imzolashni xohlayotganini tahlil qilish vazifasi yuklangan, dedi nashr suhbatdoshi.
Urushga 20 mingga yaqin odam yuborilishi mumkin
Rossiyada jinoiy moddalar bilan ishlayotgan advokatlarning «Vajnyye istorii»ga aytishicha, har bir tergov izolyatoridan 100 ga yaqin ayblanuvchi urushga olib ketilishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida 210 ta tergov hibsxonasi mavjudligi hisobga olinsa, 20 mingga yaqin odam jangga jo‘natilishi mumkin. Jami, Federal jazoni ijro etish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshida Rossiya tergov hibsxonalarida 106 ming kishi bo‘lgan.
Advokat Dmitriy Zaxvatov faol yollash kampaniyasini Rossiya rasmiylarining safarbarlikning ikkinchi to‘lqinini e’lon qilishni istamasligi bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, huquqshunosning qayd etishicha, qonun qabul qilingunga qadar ham tergov izolyatorlarida Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzish istagida bo‘lganlar kam bo‘lmagan. Bosh shtabga yaqin bo‘lgan «Vajnyye istorii» manbasi ayblanuvchilarni urushga yuborish qarorini mahbuslar oqimining kamayishi bilan bog‘laydi. «Rossiyada yengil ayblovlar bilan qamalgan kontingentning muhim qismi allaqachon elakdan o‘tkazildi, shuning uchun potensial mahbuslar bilan ishlash kerak bo‘lyapti», dedi suhbatdosh.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
-
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Jamiyat | 14:39
-
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Jahon | 14:06
-
🔴 LIVE: Istanbul muzokaralarining 3-raundi qanday o‘tdi?
Jahon | 14:05
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025