Ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
8–12 fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
«O‘zgidromet» agentligi 8–12 fevral kunlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Mavzuga oid

14:30 / 23.03.2025
Hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

15:54 / 20.03.2025
Keyingi haftada ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda

13:48 / 20.03.2025
Navro‘zda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

12:41 / 17.03.2025