Tomorqalarda ishlarni tashkil etish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi
O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Hokim yordamchilari ishini «jonlantirish va yangi turtki berish» maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining soxtaligi soliq organlarining axborot tizimlari orqali tekshiriladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 3 fevral kuni prezident bilan uchrashuvdan so‘ng «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, tomorqalarda «hali ishlatilmagan zaxiralar juda katta». Hozir ekin-tekin mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, mamlakatdagi 850 tadan ortiq mahallada suv ta’minoti yo‘q. Prezident qarori bilan mazkur mahallalardagi suv muammosi 1 martga qadar hal etiladi va buning uchun 250 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
«Bu degani qayerdadir ariqdan tortib kelinadi, qayerdadir qo‘shimcha nasoslar kovlanadi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, har to‘rtta mahallaga bir nafardan mahalla bankiri biriktirilgan. Bugungi kunga qadar 2500 ga yaqin ana shunday bankirlar faoliyatini boshlagan.
«Zimmamizga joylarda hokim yordamchilari faoliyatiga „yangi bir turtki berish“ vazifasi qo‘yildi. Ular katta kuch, har bir mahallada bittadan bor, 95 foizdan ortig‘i iqtisodchi. Ular kredit, subsidiya, kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanma berishni biladi. Endi biz ularning faoliyatiga turtki berib, jonlantirishmiz kerak. Qanday qilib? Masalan, tomorqada ishlarni tashkil qilishni, birinchi navbatda, hokim yordamchilariga yuklayapmiz. Umuman, mahalladagi jami „yettilik“», — dedi Qo‘chqorov.
Ekish jarayonini «Onlayn mahalla» platformasi orqali kuzatish rejalashtirilmoqda. 1 martdan boshlab ko‘chatlar ekilgan yoki ekilmaganini elektron tarzda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
«Yig‘ilishda prezidentimiz yana bir qat’iy topshiriqlardan biri hududlarda bajarilayotgan ishlarning har birining to‘g‘riligi, haqqoniyligini tekshirish bo‘ldi. Hozir amaldagi tartibga ko‘ra, har bir band qilingan aholi tasdig‘ini Soliq qo‘mitasi orqali olamiz. Fevral oyidan boshlab Hisob palatasi ham bu raqamlarni ko‘rib boradi va tasdiq beradi», — dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina tarixda birinchi marta Vengriya josuslik tarmog‘ini fosh qildi
Jahon | 19:55
-
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21
-
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 18:35
-
Xitoyda hayvonlar ovozini inson tiliga o‘giruvchi dastur bo‘yicha ish boshlandi
Fan-texnika | 18:33
Mavzuga oid

12:05 / 05.04.2025
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi

17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

21:20 / 19.02.2025