"Turkmaniston" aviakompaniyasi Rossiyaga reyslarni martgacha bekor qildi
"Turkmaniston" aviatashuvchisi hech qanday sababsiz Ashxobod va Moskva o‘rtasidagi reyslarni to‘xtatib turish muddatini mart oyiga qadar uzaytirdi. Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uchragach, 31 yanvargacha bunday reyslar bo‘lmasligi ma’lum qilingandi.

Foto: Dmitriy Rogulin/ TASS
"Turkmaniston" aviakompaniyasi (Turkmenistan Airlines) Ashxobod-Moskva-Ashxobod yo‘nalishida parvozlarni to‘xtatib turish muddatini kamida mart oyiga qadar uzaytirdi. Bu haqda 31 yanvar, juma kuni aviatashuvchining o‘ziga tayanib, «Interfaks» agentligi xabar berdi. Kompaniya o‘z qarori sabablarini tushuntirmadi.
Turkmenistan Airlines Ashxobod va Moskva o‘rtasidagi parvozlarni dekabr oyi oxirida to‘xtatgan edi. Dastlab 2024 yil 30 dekabrdan 2025 yil 31 yanvargacha reyslar amalga oshirilmasligi e’lon qilingan edi. Buning sabablari o‘sha paytda ham tushuntirilmagan.
TASS agentligining eslatganidek, "Turkmaniston" aviakompaniyasi oxirgi marta 2023 yil avgustida Moskva havo zonasidagi vaziyat, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun xatarlarni baholash asosida Moskvaga parvozlarni to‘xtatgan edi". O‘shanda bu qaror Rossiya Mudofaa vazirligining Moskva oblastida Ukraina uchuvchisiz uchog‘ining hujumi to‘xtatilgani haqidagi xabarlari fonida qabul qilingan edi, deya ta’kidlaydi nashr.
Ayni vaqtda, «Interfaks»ning qayd etishicha, yanvar oyida Rossiyaning S7 aviakompaniyasi haftasiga 14 martagacha Moskva-Ashxobod reyslarini amalga oshirish uchun Federal havo transporti agentligidan ruxsat olgan. 15 yanvardan boshlab har kuni parvozlar amalga oshirilyapti. Hozirda S7 Rossiya va Turkmaniston o‘rtasida muntazam reyslarni amalga oshiruvchi yagona aviatashuvchi hisoblanadi, deya ta’kidlaydi agentlik.
Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

18:07 / 17.02.2025
“O‘zbekiston yozuvli pasportim uchun reysga qo‘yishmadi” – Wizz Air o‘zbek talabani bortga chiqarmagan

14:53 / 17.02.2025
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston agrosanoat sohasi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

23:49 / 10.02.2025