Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urildi
Shahrisabz ko‘chasida kuzatilgan YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 28 yanvar kuni soat 23:00 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi M.I. KINGLONG rusumli avtobusni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025