Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan birga tibbiyot markazlari tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston Bosh konsuli Jamoliddinxo‘ja Abdukarimov Mang‘istau viloyati "Atameken" tadbirkorlar milliy palatasi direktori Rashit Mustapayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Tomonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Mang‘istau viloyati o‘rtasida turizm sohasida joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalar xususida fikr almashdi.
Rashit Mustapayev "Atameken" tadbirkorlar milliy palatasi viloyatdagi turli sohalarda faoliyat olib boruvchi xususiy tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik qilishini ta’kidlab, O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi va mamlakatda xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.
Mang‘istau viloyati aholisi orasida O‘zbekiston tibbiy turizmiga qiziqish yuqoriligi qayd etildi. Ushbu jihat e’tiborga olinib, o‘zbek tadbirkorlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda mazkur hududda tibbiyot klinikalari va markazlarini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

19:11 / 07.03.2025
Bemorning COVID oqibatida yo‘qolgan hid va ta’m bilish qobiliyatini tiklash usuli topildi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:18 / 28.02.2025
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Samarqandda ko‘ptarmoqli klinikalar quriladi

18:14 / 28.02.2025