Jahon | 13:29 / 28.01.2025
1879
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusdagi saylovlar: Britaniya sanksiyalarni kengaytirdi

Buyuk Britaniya Kanada bilan kelishilgan holda «soxtalashtirilgan prezidentlik saylovlari»ga javoban Belarus mudofaa sektoridan olti nafar jismoniy va uch yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance

Buyuk Britaniya Kanada bilan kelishilgan holda Belarus mudofaa sektoridan olti nafar jismoniy va uch yuridik shaxsga «bu mamlakatdagi soxtalashtirilgan prezidentlik saylovlariga zudlik bilan javob tariqasida» sanksiyalar kiritdi. Bu haqda 27 yanvar, dushanba kuni Britaniya hukumati ma’lum qildi.

Xususan, Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Igor Karpenko cheklov choralariga tushdi.

Ro‘yxatdagi kompaniyalar orasida Orshadagi «Legmash» zavodi, «Bespilotnyye vertolety» konstruktorlik byurosi va radar tizimlarini ishlab chiquvchi "ALeVKURP" korxonasi bor.

«Soxta saylovlar xalqaro standartlarga javob bermadi»

«Belarusda tanqidiy ovozlarni o‘chirgan Lukashenkoning tazyiqlaridan so‘ng, kechagi soxta saylovlar xalqaro standartlarga to‘g‘ri kelmadi va xalqaro hamkorlar tomonidan qoralandi», deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi London o‘z sheriklari bilan birgalikda Belarus xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga va «ularni erkinlik va demokratiyaga bo‘lgan qonuniy huquqlaridan mahrum qilganlarni fosh etishiga» va’da berdi.

Mavzuga oid