2024 yilda O‘zbekiston banklarining umumiy sof foydasi keskin kamaydi
O‘tgan yilni davlat ulushi mavjud banklar 317 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan. Bunga Mikrokreditbank (-1,7 trln so‘m) va Biznesni rivojlantirish bankining (-2,2 trln so‘m) katta miqdorda zarar ko‘rgani asosiy sabab bo‘lgan. Shuningdek, Aloqabank, Agrobank va Asakabankning ham sof foydasi 2023 yilga nisbatan sezilarli qisqargan.

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston banklari 2024 yilni 6 trln 966 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 44 foizga kam.
Bankers.uz ma’lumotlariga ko‘ra, davlat ulushi mavjud banklar o‘tgan yilni 317,2 mlrd so‘mlik zarar bilan yakunlagan. Bunga Mikrokreditbank (-1,7 trln so‘m) va Biznesni rivojlantirish bankining (-2,2 trln so‘m) katta miqdorda zarar ko‘rgani asosiy sabab bo‘lgan. Shuningdek, Aloqabank, Agrobank va Asakabankning ham sof foydasi 2023 yilga nisbatan keskin kamaygan.
Sof foyda bo‘yicha TOP-10 talikda ikkita davlat banki — O‘zsanoatqurilishbank va O‘zmilliybank qayd etilgan. O‘zsanoatqurilishbank 2023 yilga nisbatan qariyb 43 foizlik o‘sish bilan 1,3 trln so‘m sof foyda olgan. Shuningdek, O‘zmilliybank (+0,3 foiz) va Xalq banki (+8,1 foiz) moliyaviy natijasida kichik bo‘lsa-da o‘sish kuzatilgan.

Xususiy banklar esa yil davomida jami 7,3 trln so‘m sof foyda olgan. Davlat ulushi bo‘lmagan banklar orasida Hamkorbank 1,42 trln so‘m sof foyda olgan holda yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinni Kapitalbank (1,16 trln so‘m) egallagan. Shuningdek, Ipak Yo‘li banki (910,5 mlrd so‘m) va Orient Finans bankning (901,1 mlrd so‘m) foydasi ham 900 mlrd so‘mdan oshgan.
2023 yil bilan solishtirganda foydaning eng yuqori o‘sishi TBC Bank'da (+748,5) kuzatilgan. Shu bilan birga Octobank (+101,7 foiz) hamda Uzum Bank (+121,4 foiz) natijalarida ham keskin o‘sish yuz bergan.
Bundan tashqari, nodavlat banklarning yettitasi yilni zarar bilan yakunlagan. Ular orasida 2023 yilni 800 mlrd so‘mdan ko‘proq sof foyda bilan tugatgan Ipoteka bank ham bor. Bank 2024 yilda 240 mlrd so‘mdan ko‘proq zarar ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonda faoliyat olib borgan 35 ta bankning jami sof foydasi qariyb 12 trln 373 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga o‘sgandi.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

18:19 / 19.02.2025
Rossiyada bank mobil ilovalaridan pul o‘g‘irlaydigan virus tarqalgani aytildi

19:54 / 15.02.2025
Banklar yangi antifrod qoidalari doirasida 3 oyda salkam 350 mlrd so‘m mablag‘ni qaytarib oldi

10:51 / 11.02.2025