O‘zbekiston | 17:16 / 26.01.2025
5182
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda O‘zbekistonga import qilingan yengil mashinalar soni ma’lum qilindi

Eng ko‘p avtomobil Xitoydan import qilingan. Keyingi o‘rinda Janubiy Koreya joylashgan.

Foto: AFP

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonga xorijdan 74,7 ming dona (elektromobillarni qo‘shgan holda) yengil avtomobil import qilingan.

Yil davomida import qilingan avtomobillarning qiymati 1,28 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan

O‘zbekistonga 2024 yilda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 61 ming dona
  • Janubiy Koreya – 11,9 ming dona
  • AQSh – 639 dona
  • Hindiston – 577 dona
  • Yaponiya – 168 dona
  • Boshqa davlatlar – 374 dona.

 

Mavzuga oid