Tojikiston 2024 yilda O‘zbekistonga yetkazib bergan elektr energiyasi hajmi ma’lum bo‘ldi
Tojikistonning O‘zbekiston bilan shartnomasi elektr energiyani faqat yozgi davrda yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.

Foto: Asian Development Bank
Tojikistonning o‘tgan yili jami elektr energiyasi eksporti 2 milliard 478 million kilovatt·soatdan ortiqni tashkil qildi, deb xabar berdi mamlakat Energetika va suv xo‘jaligi vazirligiga tayanib Asia-Plus. Bu 2023 yilga nisbatan qariyb 204 million kVt·soat yoki 7,8 foizga kam.
Eng ko‘p elektr energiyasi Afg‘onistonga yetkazilgan - 1 milliard 530,4 million kVt·soat, qiymati 705,2 million somoniy (≈64 mln dollar). Bu mamlakat uchun har bir kilovatt energiya 4,2 sent qiymatga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonga 943,9 million kVt·soat eksport qilingan, qiymati 201,2 million somoniy (≈18 mln dollar). Har bir kilovatt narxi taxminan 2 sent bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, 2024 yilda eksport qilingan elektr energiyasi Tojikistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 11 foizdan sal ko‘proq qismini tashkil etgan. O‘tgan yili respublikada qariyb 22 milliard 428 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Tojikiston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda respublika taxminan 113 million dollarlik elektr energiyasini eksport qilgan, bu 2023 yilga nisbatan 2,4 foizga ko‘pdir.
2024 yilda respublika eksportining umumiy hajmida elektr energiyasi yetkazib berish ulushi 5,8 foizni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumida Tojikistonning o‘zi energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga duch kelganda, elektr energiyasi faqat Afg‘onistonga kichik hajmda – liniyalar va boshqa infratuzilma jihozlarining ishlashini ta’minlash uchun yetkazib beriladi. O‘zbekiston bilan shartnoma faqat yozgi davrda yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

17:38 / 03.03.2025
Tojikistondagi parlament saylovlarida prezident Imomali Rahmon partiyasi g‘alaba qozondi

16:47 / 03.03.2025