2024 yilda mansabdor shaxslarning jinoyat sodir etish holatlari keskin ko‘paydi
2023 yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 2024 yilda ularning soni 4 906 nafarga yetgan.
2024 yilda jinoyat sodir etgan mansabdor shaxslarning soni keskin oshgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
2024 yilda mansabdor shaxslarga nisbatan 3 821 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularda 4 906 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan.
2023 yilda mansabdor shaxslarga nisbatan 3 412 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularda 3 575 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan.
O‘tgan yilda javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning mavqeyi quyidagicha bo‘lgan:
- respublika miqyosidagi xodimlar – 71 nafar;
- viloyat miqyosidagi xodimlar – 410 nafar;
- tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar – 4 425 nafar.
2023 yilda jinoyat sodir etgan respublika miqyosidagi xodimlar soni 49 nafar, viloyat miqyosidagi xodimlar 267 nafar, tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar 3 259 nafar bo‘lgan.
Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyat turlari quyidagicha bo‘lgan:
- o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlar – 2 929 nafar (2023 yilda 2 205 nafar bo‘lgan);
- pora olgan va berganlar, pora oldi-berdisida vositachilik qilganlar – 353 nafar (2023 yilda 195 nafar bo‘lgan);
- firibgarlik qilganlar – 447 nafar (2023 yilda 272 nafar bo‘lgan);
- mansab vakolatini suiiste’mol qilganlar – 226 nafar (2023 yilda 397 nafar bo‘lgan);
- hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanlar – 13 nafar (2023 yilda 30 nafar bo‘lgan);
- mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘yganlar – 13 nafar (2023 yilda 36 nafar bo‘lgan);
- mansabga sovuqqonlik bilan qaraganlar – 40 nafar (2023 yilda 25 nafar bo‘lgan);
- boshqa jinoyatlarni sodir etganlar – 885 nafar (2023 yilda 415 nafar).
Mavzuga oid

10:10 / 05.03.2025
Soliq, bojxona, bank xodimlari, hokim o‘rinbosari va tadbirkorlardan iborat jinoiy guruh aniqlandi

13:45 / 04.03.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakolatlari aniqlashtirilmoqda

11:22 / 27.02.2025
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga qariyb 200 tadan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi

08:13 / 27.02.2025