Qozog‘istondagi neft bazasida portlash sodir bo‘ldi
Jyezqozg‘on shahrida yuz bergan portlash oqibatida olti kishi jarohat oldi - ularning ikki nafari og‘ir ahvolda. Hodisa joyida tezkor shtab tuzilgan.

Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Jyezqozg‘on shahrida joylashgan neft bazasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Tengrinews.
Qayd etilishicha, Jyezqozg‘on shahri hududida joylashgan neft bazalarining birida uchta maxsus transport vositasida yong‘in chiqqan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelgunga qadar portlash yuz bergan va bino qulab tushgan.
«2025 yil 25 yanvar kuni Jyezqozg‘on shahridagi neft bazalarining birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida olti kishi jarohat oldi. Ularning besh nafari viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga joylashtirilgan, bir nafari shifoxonaga borishdan bosh tortgan. 1961 va 1971 yilda tug‘ilgan ikki erkak jonlantirish bo‘limida qolmoqda», — deyiladi xabarda.
Yong‘in yuqori darajadagi murakkablikka ega ofat deya tasniflangan. Ulug‘tog‘ viloyati hokimining buyrug‘i bilan tezkor shtab tashkil etilgan. Hodisa joyiga 10 ta texnika, 20 dan ortiq xodim jalb etilgan.
Ta’kidlanishicha, hodisa joyidagi tezkor shtab qo‘shni rezervuarlarni yonilg‘ini sovitish orqali himoya qilish bo‘yicha strategik qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025