Estoniya NATOdan elektr ta’minoti infratuzilmalarini qo‘riqlashda yordam so‘raydi
Fevral oyida Estoniya Rossiya elektr tarmog‘idan uziladi. Shu bois mamlakat o‘z hududidagi elektr ta’minoti infratuzilmalarini qo‘riqlashga NATO vakillarini jalb etish niyatida.

Foto: Margus Ansu
Estoniya Rossiya elektr tarmog‘idan uzilish davrida elektr ta’minoti infratuzilmalarini qo‘riqlash uchun NATOdagi ittifoqchilarini jalb etishni rejalashtirmoqda.
«Hukumat elektr tarmog‘i desinxronizatsiyasi vaqtida xavfsizlikni ta’minlash vazifalariga nafaqat Politsiya va chegarani qo‘riqlash departamenti xodimlarini, balki mudofaa bo‘yicha ittifoqchilarni ham jalb etmoqchi», — deydi mamlakat ichki ishlar vaziri Lauri Lyaenemets.
Shuningdek, energetika obektlarini qo‘riqlashga Kaitseliit ko‘ngilli harbiylashtirilgan tashkiloti ham jalb qilinadi.
«Muhim infratuzilma obektlari desinxronizatsiya davri uchun vaqtinchalik milliy mudofaa obektlariga aylantirildi, shuningdek, biz ularning ayrimlarini alohida kuzatuvga olishni ham rejalashtirdik», — deydi Lyaenemets.
Ichki ishlar vaziri muhim elektr energetika obektlari keyinchalik muntazam davlat mudofaasiga olingan obektlarga aylanishi mumkinligini istisno etmadi.
Boltiqbo‘yi davlatlari 2024 yil 16 iyulda Rossiya va Belarusdagi elektr energetika tizimi operatorlarini BRELL shartnomasidan (Belarus-Rossiya-Estoniya-Latviya-Litva energohalqasi) chiqishi haqida rasmiy ogohlantirgan edi. Estoniya, Latviya va Litva sovet davrida Rossiya tomonidan boshqariladigan yagona sinxron zonaga birlashtirilgan. 8 fevral kuni mamlakat Rossiya elektr tarmog‘idan uzilishni va 9 fevraldan Yevropa tarmog‘iga ulanishni reja qilgan.
Mavzuga oid

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

21:16 / 05.03.2025
Yevropaga o‘z mustaqil mudofaa tizimini qurish uchun kamida 10 yil kerak - The Economist

22:03 / 01.03.2025
NATO bosh kotibi Zelenskiyni Tramp bilan «yarashish»ga chaqirdi

15:28 / 28.02.2025