AQShning Grenlandiyani sotib olishi asr bitimiga aylanishi mumkin - The Economist
The Economist nashri Donald Trampning Grenlandiyani sotib olish g‘oyasini “asr kelishuvi” deb atagan holda o‘rganib chiqdi. Bu g‘oya bir qarashda real emasdek tuyulsa-da, uning strategik va iqtisodiy afzalliklariga qarab, nima uchun bu taklif muhokama markaziga qaytganini tushunish mumkin.

Illustration: Alvaro Bernis
Aholisi 56 ming kishini tashkil etuvchi Grenlandiyaning yalpi ichki mahsuloti 3 milliard dollarni tashkil qiladi, ya’ni AQSh bilan solishtirganda – juda kichik iqtisodiyot. Lekin Grenlandiya hali ochilmagan katta salohiyatga ega.
Orol zamonaviy texnologiyalar va yashil energetika uchun zarur nodir qazilma metallar va boshqa qimmatli minerallar zaxiralariga ega. Shuningdek, Grenlandiya qirg‘oqlari yaqinida 52 milliard barrel neft bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda, bu uning strategik ahamiyatini yanada oshiradi.
Orolning joylashuvi ham muhim omil. AQSh va Rossiya o‘rtasidagi hududda joylashgan Grenlandiya Amerikaning mudofaa qobiliyatini kuchaytirib, Arktikada kuzatuv va Grenlandiya–Islandiya–Buyuk Britaniya o‘rtasidagi muhim dengiz yo‘nalishini nazorat qilish imkonini oshirishi mumkin.
Maqolada aytilishicha, agar AQSh har bir grenlandiyalikni millionerga aylantirish yoki shunga o‘xshash boshqa biror katta taklifni bersa, bu bitim o‘zaro manfaatli bo‘lishi mumkin. Lekin bunday taklif Grenlandiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi va resurslarni qazib olish bilan bog‘liq xatarlar kabi siyosiy va amaliy savollarni keltirib chiqaradi.
Bu kelishuv amalga oshishi ehtimoli past bo‘lsa-da, maqola mualliflari bunday strategik qarorlar tarixni qanday o‘zgartirib yuborishini ta’kidlashmoqda. Masalan, o‘tmishda Luiziana va Alyaskani sotib olish masalalari ham avvaliga bahsli bo‘lgan, lekin bugungi kunda ular AQSh iqtisodiyoti va geosiyosiy mavqeini kuchaytirgan, uzoqni ko‘zlab qabul qilingan qarorlar sifatida e’tirof etiladi.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025