AQSh Guantanamodagi 11 nafar mahbusni ozod etdi
Guantanamo qamoqxonasida saqlab kelingan yamanlik mahbuslar O‘monga olib boriladi. 2001 yil 11 sentabr teraktidan keyin tashkil etilgan maxsus qamoqxonada yana 15 kishi qolmoqda.

Foto: Brennan Linsley/AP Photo/picture alliance
AQSh hukumati Guantanamo qamoqxonasida hibsda saqlab kelingan 11 nafar mahbusni ozod etdi. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, gap yamanlik mahbuslar haqida ketmoqda.
Idora ma’lum qilishicha, «Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi manfaatlari» uchun ular Yamanga qo‘shni O‘mon davlatiga yuboriladi. AQSh administratsiyasi Guantanamodagi mahbuslar sonini qisqartirish va ushbu qamoqxonani yopish maqsadiga erishishda yordam bergan O‘mon hukumatiga minnatdorchilik bildiradi.
The New York Times’ning yozishicha, 11 nafar yamanlikka ayblovlar e’lon qilinmagan, ammo ular o‘z vatanidagi fuqarolik urushi sabab deportatsiya qilinmay kelingan.
2024 yil dekabr oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Guantanamoning to‘rt nafar mahbusini ozod etgandi. Hozirda ushbu qamoqxonada 15 mahbus qolmoqda, ular orasida 2001 yil 11 sentabrdagi terakt tashkilotchilaridan sifatida gumonlangan Holid Shayx Muhammad ham bor.
U ikki sherigi bilan o‘tgan yilning iyul oxirlarida tergov bilan kelishuvga erishishga uringan edi. Ammo Pentagon rahbari Lloyd Ostin sudgacha bo‘lgan kelishuvni bekor qilgandi.
2001 yilda AQShga terrorchilik hujumi
2001 yil 11 sentabrdagi terakt — AQSh tarixidagi eng yirigi, unda 3000 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Terrorchilar o‘g‘irlab ketilgan uchta yo‘lovchi samolyotini Nyu Yorkdagi Butunjahon savdo markazi va Vashington yaqinidagi Pentagon binosiga olib borib urgan. To‘rtinchi samolyot Pensilvaniyada halokatga uchragan.
Guantanamo qamoqxonasi 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin AQSh prezidenti Jorj Bush davrida terrorchilikda gumon qilinganlarni sudsiz ushlab turish uchun tashkil etilgan. Uning eng «gavjum» paytida u yerda 800 ga yaqin odam bor edi. Inson huquqlari guruhlari uzoq vaqtdan beri lagerni yopishga chaqirib kelishgan, biroq oz sonli mahbuslar hamon u yerda saqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:56 / 27.02.2025
Reuters: Bashar Asad davrida mingdan ortiq suriyalik harbiy aerodrom hududida o‘ldirilgan

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

02:27 / 13.02.2025
Belarus uch nafar mahbusni ozod etdi. Ular orasida AQSh fuqarosi ham bor

22:19 / 12.02.2025