Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Yashnobod tumani Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi uylarning birida fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan.

Foto: FVV
Joriy yilning 5 yanvar kuni soat 13:58 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Boyqo‘rg‘on mahallasi Sultonali Mashhadiy ko‘chasidagi uylarning birida fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng fuqaroga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Fuqaro yengil tan jarohati olgan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:25 / 26.02.2025
Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida ayrim iste’molchilar gaz ta’minotidan uzildi

02:01 / 24.02.2025
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:12 / 21.02.2025
Toshkentda yerusti metro liniyasi yaqinida yong‘in yuz berdi

23:02 / 27.12.2024