O‘zbekistondan Kuvaytga go‘sht eksporti yo‘lga qo‘yildi
Jazeera Airways aviakompaniyasi orqali O‘zbekistondan Fadl brendi ostidagi parranda va mol go‘shti mahsulotlarining Kuvaytga ilk eksporti boshlandi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 15-16 dekabr kunlari Al-Kuvayt shahrida o‘tkazilgan Kuwait International Agro Food Exhibition ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilionida mamlakatdagi JN Distrubition kompaniyasining Fadl brendi ostidagi go‘sht va parranda go‘shti mahsulotlari hamda konservalangan palov va halim milliy taomlari namoyish etilgan edi.
Natijada O‘zbekistonning JN Distrubition va Kuvaytning High Concorde Company for General Trading & Contracting kompaniyalari o‘rtasida go‘sht mahsulotlarini Kuvaytga eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

15:25 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyevning Kuvaytga rasmiy tashrifi yakunlandi

14:44 / 18.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt valiahdi bilan uchrashdi

08:39 / 18.02.2025