Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
Bu so‘nggi 11 oy ichidagi eng yirik almashuv bo‘ldi. Ukraina va Rossiyaning almashilgan asirlar soni bo‘yicha ma’lumotlarida raqamlar turlicha ko‘rsatilgan.

Rossiya va Ukraina 30 dekabr kuni harbiy asirlarini almashdi, uning natijasida Rossiya tomoni 150 kishini qaytargan, deb xabar bergan RF mudofaa vazirligi. Bu so‘nggi 11 oy mobaynidagi eng keng ko‘lamli asirlar almashuvi bo‘ldi: 2024 yil yanvarida 195 nafar rossiyalik harbiy asir 195 nafar ukrainga almashildi. RF mudofaa vazirligidagilar hozirda rossiyalik askarlar Belarus hududida bo‘lib turganini ma’lum qilgan.

RF mudofaa vazirligi / AP / Scanpix / LETA
Vazirlikka ko‘ra, Ukrainaga ham 150 kishi qaytarilgan, ammo Volodimir Zelenskiy uyga 189 ukrainalik qaytgani haqida xabar bergan, ular qatorida — «Azovstal», Chernobil AES va Zmeiniy orolini himoya qilgan harbiylar, shuningdek, Mariupol tinch aholisi vakili bo‘lgan ikki kishi ham bor.
RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, almashuv BAA vositachiligida amalga oshgan.
Bundan oldingi asirlar almashinuvi 2024 yil 18 oktyabrda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Rossiya 95 nafar harbiy asirni Ukrainaga topshirgan va ushbu mamlakatdan ham shuncha asirlarini qaytarib olgandi. 17 dekabr kuni inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Tatyana Moskalkova Rossiya va Ukraina harbiylari «ko‘plab asirlarni almashish» bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani, ammo hozircha bu borada kelishuvga erishilmaganini aytgandi.

Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanali

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA


Maksym Kishka / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Mavzuga oid

13:19
Mask: Starlink hech qachon Ukrainadagi o‘z terminallarini o‘chirib qo‘ymaydi

23:40 / 09.03.2025
Ukraina Qrim ko‘prigini butunlay yakson qilish bo‘yicha yangi operatsiya tayyorlamoqda

20:11 / 09.03.2025
Rossiyalik harbiylar Sudjaga gaz quvuri orqali hujum qildi

19:14 / 09.03.2025