Qozog‘iston chegara punktlarida yangi elektron navbat tizimi joriy etilmoqda
Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Qozog‘iston Respublikasi chegara o‘tkazish punktlarida yangi elektron navbat – CarGoRuqsat tizimi bosqichma bosqich amaliyotga kiritilmoqda.

Saytdan skrinshot
O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tizimni joriy etishdan asosiy maqsad Qozog‘iston hududidan tranzit o‘tayotgan yuk transportlarini kirish va chiqishini tartibga solish hamda ularga qulayliklar yaratishdan iborat.
Hozirgi kunda Qozog‘iston Respublikasi bojxona chegarasida avtomatlashtirilgan elektron navbat tizimi "Tajyen" – "Dauit-ata" chegara o‘tkazish punktida ishga tushirilgan.
Qozog‘iston tomoni CarGoRuqsat tizimi Rossiya chegara o‘tkazish punktlarida ham ishga tushirilishini xabar qildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar haydovchilari ushbu tizimdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasmiy saytida esa CarGoRuqsat tizimidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘zbek tilida joylashtirildi.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025