Ozarboyjonda mushkul vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Shaxsiy hujjatlari va pullarini yo‘qotgan shaxsga O‘zbekistonga qaytish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan. Unga Boku-Toshkent yo‘nalishida aviachipta olib berilgan.

Foto: Getty Images
Ozarboyjonga ishga borib, mushkul vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi B.A. yordam so‘rab O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilgan.
B.A. 2022 yilning noyabr oyida ishlash maqsadida Boku shahriga kelgan. Bir necha oy avval ehtiyotsizlik sabab shaxsiy hujjatlari va pul mablag‘larini yo‘qotgan.
Diplomatik vakolatxona xodimlari ko‘magida uning O‘zbekistonga qaytishi uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, homiylar yordami bilan unga Boku-Toshkent yo‘nalishida aviachipta sotib olib berilgan. Hamyurtimiz shu yil 5 dekabr kuni O‘zbekistonga uchib kelgan.
Mavzuga oid

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025