Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
Chegaraning ikki tomonidagilar ham o‘z uylari o‘rnida xarobalar ustidan chiqmoqda.
26 noyabr kuni kechqurun Isroil va Livan o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzilgani e’lon qilingandi. 13 bandni o‘z ichiga oladigan bitimga ko‘ra, Isroil 60 kun ichida o‘z qo‘shinlarini qo‘shni mamlakat janubidan olib chiqishi, «Hizbulloh» kuchlari Litani daryosidan shimolga ketishi, janubiy chegarada ularning o‘rnini Livan xavfsizlik kuchlari va muntazam armiya egallashi lozim. Livan janubida yashovchi aholi sulh e’lon qilinganidan keyin o‘z uylariga qaytishni boshladi, ularning ko‘pchiligi uylari o‘rnida xarobalar ustidan chiqishgan.
The New York Times nashrining Planet Labs sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahliliga asoslanib qilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, noyabr oyi boshigacha Isroil mudofaa armiyasi Livan hududida mingdan ortiq binoni yo‘q qilgan — asosan mamlakat janubi va poytaxt Bayrutning janubiy chekkasida. Meys al-Jabal va Mhabib kabi ayrim qishloqlar amalda yer yuzidan supurib tashlangan. Isroil tomoni bu amaliyotdan maqsad «Hizbulloh»ning ushbu qishloqlarda joylashtirilgan infratuzilmalari, qurol omborlari, platsdarmlari va tunnellarini yo‘q qilish ekanini ma’lum qilgandi.
«Hizbulloh» zarbalari oqibatida Isroil tomonida ham vayrongarchiliklar yuzaga kelgan, ammo hozircha mahalliy aholining ko‘pchiligi sulh buzilishi va harbiy harakatlar qaytadan boshlanishidan cho‘chib, uylariga qaytishga shoshilmayapti. Quyida so‘nggi oylardagi harbiy harakatlar chegaraning ikki tomonida qanday izlar qoldirgani aks etgan suratlar.
Livan
Livan janubidagi Nabatiya shahridagi ofis binolaridan birida portlash oqibatida chang bilan qoplangan fotokamera
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETATirda isroilliklar zarbasiga uchragan uylardan biridagi fotosurat
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETALivan janubiga olib boruvchi shossedagi tirbandlik. Sulh e’lon qilingach, Isroilning quruqlik amaliyoti boshlanganida uylarini tark etgan minglab livanliklar o‘z shahar va qishloqlariga qaytishga harakat qilmoqda
AFP / Scanpix / LETALivanlik bola qushlari bilan Mansuridagi nazorat-o‘tkazish punktida uyga qaytish uchun ruxsat kutmoqda
Hussein Malla / AP / Scanpix / LETALivanlik oila mamlakat janubidagi uyiga qaytmoqda. Surat Tir shahrida olingan
Hussein Malla / AP / Scanpix / LETATir shahrida yashovchi 53 yoshli Samir Hassab isroilliklar zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan uyini ko‘zdan kechirmoqda
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETALivan janubidagi Zibkin shaharchasida yashovchi Asya Atvi 27 noyabr kuni sulh e’lon qilinganidan keyin uyiga qaytgan
Aziz Taher / Reuters / Scanpix / LETALivan janubidagi Derdgayya ibodatxonasi xarobalari, bu joy bir oycha oldin isroilliklar aviazarbasi oqibatida vayron bo‘lgandi. Surat 2024 yil 29 noyabr kuni olingan
Mahmoud Zayyat / AFP / Scanpix / LETATair Debba qishlog‘idagi masjid vayronalari ustida xarobalar ostidan olib chiqilgan Qur’oni karim nusxalarini ko‘tarib kelayotgan yigit. Mahalliy aholining aksari islom dinining shia mazhabiga e’tiqod qiladi, bu esa ularni Eronga yaqinlashtiradi. Livanda esa sunniylar ham, druzlar va xristianlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi
Mahmoud Zayyat / AFP / Scanpix / LETALivan janubidagi Nabatiya shahri chekkasidagi Kfar Rumman qishlog‘ida yashovchi kishilar o‘z uylariga qaytgan
Ousama Ayoub / Sipa Press / Scanpix / LETAKfar Rummanda yashovchi kishi harbiy harakatlar chog‘ida shikastlangan uyida o‘z yaqinlari fotosuratlari bilan
Ousama Ayoub / Sipa Press / Scanpix / LETAOusama Ayoub / Sipa Press / Scanpix / LETATirdagi vayrongarchilik, janubiy Livan
Adnan Abidi / Reuters / Scanpix / LETAJanubiy Livandagi Isroil bilan chegaradan ikki kilometr masofada joylashgan Kfar-Kila qishlog‘i
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETAIsroil va Livan chegarasidagi devorning Livan tomondan ko‘rinishi
Stoyan Nenov / Reuters / Scanpix / LETA
Isroil
Isroil-Livan chegarasi yaqinida joylashgan fermadagi vayrongarchilik. Hudud o‘qqa tutilishi oqibatida tovuqxona to‘liq yonib ketgan
Gil Eliyahu / Reuters / Scanpix / LETAIsroil shimolida yashovchi fermer Rina Lagziyel harbiy amaliyot boshlanishidan oldin tashlab ketgan uyini ko‘zdan kechirmoqda va sulhdan keyin bu yerga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETAIsroil shimolidagi Even Menaxemda yashovchi fermer Rina Lagziyel harbiy amaliyot boshlanganidan keyin o‘z uyi va ekinlarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. U sulhdan keyin uyga qaytish umidida yangi puansettiya ekmoqda
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETAChegara yaqinidagi Zareteda «Hizbulloh» raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan issiqxona o‘rnida o‘tlab yurgan sigirlar
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETAIsroilning eng shimoliy shahri Metula «Hizbulloh» raketalarining birinchi nishoni va eng ko‘p jabrlangan aholi yashash punktlaridan biri bo‘lgan
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETAIsroil shimolidagi Metula shaharchasida «Hizbulloh» raketa zarbalari oqibatida yuzaga kelgan vayrongarchiliklar. Tasvir Isroil hukumati xorijlik jurnalistlar uchun tashkillashtirgan press-turda olingan
Jalaa Marey / AFP / Scanpix / LETAKiryat-Shmonda «Hizbulloh» raketa zarbasi oqibatida qisman shikastlangan uydan buyumlarni olib chiqayotgan askar
Amir Levy / Getty ImagesAvivim posyolkasidagi sinagog yaqinida Livan zarbalari oqibatida yonib ketgan avtomobillar
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETATarbiyachi Shulamit Lagziyel Isroilning Livandagi harbiy amaliyoti chog‘ida vaqtincha yopilgan bolalar bog‘chasini aylanib chiqmoqda. Bog‘cha o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan keyin faoliyatini tiklashi mumkin
Shir Torem / Reuters / Scanpix / LETAIsroil va Livan chegarasi yaqinida joylashgan Galileydagi Avivim qishlog‘ida shikastlangan uy
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETAManarada yashovchi Orna Vaynberg kibutsa oshxonasidagi vayrongarchilikni ko‘zdan kechirmoqda
Leo Correa / AP Photo / Scanpix / LETAIsroil shimolidagi Manara kibutsida yashovchi kishi Livan tomonidan o‘qqa tutilgan uyni ko‘zdan kechirmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAManara kibutsida Livan raketasidan shikastlangan uylardan biri
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAManara kibutsida yashovchi Naor Shamiya vayrongarchilikni ko‘zdan kechirmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETAManara kibutsidagi uylardan birining oldida o‘rnatilgan tikanli sim
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA