Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 ta transport vositasi - Hongqi, Cobalt, Tracker, Nexia-3 hamda Onix to‘qnashdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB YHXB poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 28 noyabr kuni soat 16:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shoh — Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida yuz bergan. Bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan Hongqi EQM 6 (66 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan), Cobalt (30 yoshli haydovchi), Tracker 2 (26 yoshli haydovchi), Nexia-3 (26 yoshli) hamda Onix (42 yoshli haydovchi) transport vositalari oraliq masofaga amalga qilmasdan, to‘qnashuv sodir etgan.
Ta’kidlanishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Uchtepa tumani Lutfiy ko‘chasida ham 5 ta transport vositasi — Nexia, 2 ta Lacetti, Spark va Yutong avtobusi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

18:02 / 19.03.2025
Uyg‘onayotgan yashil tabiat – bahoriy Toshkentdan fotoreportaj

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

13:17 / 19.03.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

08:10 / 18.03.2025