Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
U eri 17 yosh, xotini 15 yosh bo‘lsa-da, egizak farzandi borligi aytilgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyatida o‘zini er-xotin deb tanishtirgan, eri 17 yosh, xotini 15 yosh bo‘lsa-da, egizak farzandi borligi aytilgan video sahnalashtirilgan bo‘lib chiqdi. Ushbu videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan bloger yolg‘on axborot tarqatish aybi bilan jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 21 noyabr kuni bloger A.Sh. (2003 yilda tug‘ilgan erkak), J.N. (2003 y.t. erkak) va S.R. (2005 y.t. ayol) erta nikohni targ‘ib qiluvchi videoni tayyorlashgan. Jumladan, unda eri 17 yosh, xotini 15 yosh bo‘lsa-da, egizak farzandi borligi ta’kidlangan. So‘ngra video ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan.
Erta nikohni targ‘ib qilish mazmunidagi mazkur holat bo‘yicha bloger A.Sh. xatti-harakatlariga baho berish maqsadida ish hujjatlari tuman IIB tomonidan Termiz shahri sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqilib, A.Sh. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2 moddasi (Yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismi bilan javobgarlikka tortilib, BHM 4 barobari (1 mln 480 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan. Videoning boshqa ishtirokchilari bunday nomaqbul harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirilgan.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

17:05 / 20.02.2025
Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga hamla qildi

11:50 / 10.02.2025