Minor masjidi qarshisida Spark va Captiva to‘qnashdi
Spark transport vositasi haydovchisi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 13 noyabr kuni soat 21:00 larda Yunusobod tumani KHAY ko‘chasi Minor masjidi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi N.X. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 2004 yilda tug‘ilgan S.A. boshqaruvidagi Captiva rusumli transport vositalari to‘qnashgan.
YTH natijasida Spark transport vositasi haydovchisi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

21:56 / 18.01.2025
Toshkentda Captiva yonib ketdi

11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi

10:43 / 25.09.2024