AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
Metodika imitatsion o‘qitishga asoslangan: robot yuzlab real operatsiya videolarini tahlil qilib, tajribali shifokorlarning harakatlarini takrorladi.

Foto: hub.jhu.edu
Olimlar jarrohlik robotlariga operatsiyalarni yuqori aniqlik bilan bajarishga imkon beradigan tizimni ishlab chiqdi. Yuzlab real operatsiyalardan yozib olingan videolar asosida o‘qitiladigan tizim ChatGPT’ga o‘xshaydi, ammo robotlarning vazifalariga moslashtirilgan mashinaviy o‘rganish texnologiyalari bilan ishlaydi.
Jons Hopkins va Stenford universitetlari tadqiqotchilari robotlashtirilgan jarrohlik tizimlarini o‘qitish bo‘yicha innovatsion yondashuvni taqdim etdi.
Metodika imitatsion o‘qitishga asoslangan: robot yuzlab real jarrohlik videoyozuvlarini tahlil qilib, tajribali shifokorlarning harakatlarini takrorladi. Natijada, u murakkab tibbiy muolajalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan aniq harakatlarni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Tizimni boshqarish uchun ChatGPT asosiga o‘xshash, biroq robototexnika vazifalariga moslab ishlab chiqilgan arxitektura qo‘llanilgan. Tizim matn tahlili o‘rniga “robotlar tili”da “gapiradi”, bunda video ma’lumotlarni va kinematikani boshqarish uchun matematik modellarni talqin qiladi.
Model da Vinci robot kameralaridan olingan yozuvlar asosida o‘qitildi va muolajalarni malakali jarrohlardek aniqlik bilan takrorlashni o‘rgandi.
O‘qitishda asosiy e’tibor muayyan operatsiyalarni emas, balki harakatlar ketma-ketligini tushuntirishga qaratilgan, deb ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri Ji Vun Brayan Kim. Uning aytishicha, sun’iy intellekt tasvirni oladi, uni tahlil qiladi va vazifani bajarish uchun eng maqbul yechimni mustaqil “o‘ylab” topadi.
Ishlab chiquvchilar ushbu metodika robotning har bir harakatini batafsil dasturlash zaruriyatini bartaraf etib, amaliyotlarni yuqori mustaqillik bilan bajarishga imkon beradi, deb umid qilmoqda.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025