Misr O‘zbekistonda charm mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida "O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi Akbar Sultonov va Misrning ART kompaniyasi rahbari Majid Sulaymon o‘rtasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil qilindi.

Foto: Dunyo
Unda, shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari, manfaatdor tadbirkorlar va elchixona xodimlari qatnashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston hududida charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga oid investitsiyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Misr tomoni e’tiboriga mamlakat investitsiyaviy salohiyati, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar, erkin sanoat zonalari to‘g‘risidagi taqdimot taqdim etildi.
Sanoat uskunalarini keltirish bilan bog‘liq masalalar va mahsulotni xorijga eksport qilish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida charm mahsulotlari namunalarini almashish va moliyalash masalalarini batafsil muhokama qilish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

00:41
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

18:36 / 20.02.2025