Kredit olishni o‘z-o‘ziga taqiqlash imkoni joriy qilindi
Kredit-axborot tahliliy markazining Freeze xizmati kiberjinoyatchilardan himoya qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Foto: infokredit.uz
Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan o‘ziga o‘zi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Qayd qilinishicha, bu o‘zgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun Kredit-axborot tahliliy markazi portaliga kirish va avtorizatsiyadan o‘tish lozim. So‘ngra SMS-axborot funksiyasini yoqish talab etiladi. Shundan so‘ng, Freeze xizmatini ishga tushirish kerak. Funksiyadan qanday foydalanish haqida videoqo‘llanma ham yaratilgan. Qayd qilinishicha, xizmat 2025 yil 1 yanvariga qadar bepul ko‘rsatiladi. Xizmatni o‘chirish ham mumkin, bunda onlayn kredit olish imkoniyati tiklanadi.
Mazkur xizmat yoqib qo‘yilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn o‘rgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz bo‘lib qoladi.
Mavzuga oid

21:27 / 15.01.2025
Kredit olishni o‘ziga o‘zi taqiqlash haqidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi

08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi

17:55 / 11.12.2024
Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mexanizmi joriy etiladi

22:25 / 20.10.2024