Hindistonda o‘qituvchilar «maktab farovonligi» uchun o‘quvchini qurbon qilishdi
Politsiya maktab egasi va direktori bilan birga yana uch kishi, jumladan ikki o‘qituvchini qotillikda ayblab, hibsga oldi.

Foto: ANI News
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan dahshatli voqeada maktab direktori tomonidan «farovonlik» maqsadida uyushtirilgan «qurbonlik marosimida» ikkinchi sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat politsiyasi vakillari ma’lum qildi, deb yozdi Times of India.
Hodisa 27 sentabr kuni DL Public School maktabida sodir bo‘lgan. Uning egasi Jasodxan Singx o‘z o‘g‘li va maktab direktori Dinesh Bagheldan ta’lim muassasasi va oilasi farovonligini yaxshilash uchun bolani qurbonlik qilishini so‘ragan. Qayd etilishicha, maktabning moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmagan.
Politsiyaning bildirishicha, maktab egasi va direktori bilan birga yana uch kishi, jumladan ikki o‘qituvchi hibsga olingan. Ularning barchasi qotillikda ayblanmoqda.
Xabar qilinishicha, o‘qituvchilar 2-sinf o‘quvchisini maktab yotoqxonasidan o‘g‘irlab ketib, hinduizm dinidagi tantrika marosimiga binoan qurbonlik qilish uchun ovloq joyga olib borishgan va bo‘g‘ib o‘ldirishgan. So‘ngra bolaning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, uni shifoxonada vafot etganini aytishgan.
Fojiadan so‘ng ta’lim muassasasi yopildi va rasmiylar maktab faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshladi. Huquq-tartibot idoralari maktab hududidan diniy marosim buyumlari, jumladan, sehrda ishlatiladigan buyumlarni topgan.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025