Markaziy Osiyoning G‘arb uchun ahamiyati oshdimi?
O‘zbekiston va Qozog‘istonda ikkinchi prezidentlar hokimiyatga kelishi hamda Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyingi davrda Markaziy Osiyo va G‘arb munosabatlari sifat o‘zgarishlariga uchramoqda. Kun.uz mintaqaning AQSh, Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlaridagi asosiy nuqtalar haqida so‘z yuritish uchun “Geosiyosat” dasturiga siyosiy tahlilchilarni taklif etdi.
Tahlilchi Shuhrat Rasulning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishlari ko‘p jihatdan mintaqaning tabiiy boyliklari, energiya resurslari bilan bog‘liq.
“Ular Turkmaniston gaziga ham qiziqishadi. Turkmaniston gazi Ozarboyjon orqali Kaspiy dengizidan o‘tib G‘arbiy Yevropaga yetib borishi to‘g‘risida loyiha ham mavjud”, deydi u.
Ayni paytda, G‘arbiy Yevropaning MOdagi eng katta savdo hamkori Qozog‘iston hisoblanadi. 2023 yilda Qozog‘iston bilan G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi 41 mlrd dollarni tashkil etgan, deydi tahlilchi.
Shuhrat Rasulning qayd etishicha, G‘arbning MOga qo‘yadigan bir necha talablari bor. Bular: gender tengligi, demokratiya, ayollar haq-huquqlarini himoyalash singari. “Bu masalalarga bo‘lgan talablar oxirgi 3 yillikda ancha pasaydi. MO davlatlari mustaqil bo‘lganidan keyin ko‘plab G‘arb davlatlari ular bilan munosabatlarni qurishda mintaqada bu masalalarga bo‘lgan qarashlar o‘z mafkuralaridan farq qilishini inobatga olishmagan. Hozir ularning bu boradagi qarashlari ancha pragmatik”, deydi u.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov 2019 yilda Yevropa Ittifoqi MOga nisbatan strategiyasini yangilaganini eslatdi.
“2016 yilgacha O‘zbekiston inson huquqlarini o‘ta qo‘pol ravishda buzuvchi davlat sifatida ko‘rilar edi, ammo vaziyat ancha o‘zgardi va G‘arbning bu boradagi pozitsiyasi ham ancha yumshadi. Mintaqaning geosiyosiy mustaqilligi Xitoy va Rossiyaning tiyib turilishiga bog‘liq. Agar MO geosiyosiy mustaqilligini boy bersa, mana shu ikki davlatdan biri tomonidan yoki har ikkalasining ta’sir doirasiga tushib qolishi mumkin”, – deydi u.
Siyosiy tahlilchiga ko‘ra, yaqin-yaqingacha G‘arb Markaziy Osiyoga Afg‘oniston prizmasi orqali qaragan. “G‘arbiy Yevropaning strategik vazifasi Afg‘onistonda davlatchilik shakllantirish va buni MO qo‘llab-quvvatlashi, mintaqada avtoritar davlatlar – Rossiya va Xitoyning ishtirokiga balans yaratish edi. Ukraina urushi boshlangani sababli Xitoy va Rossiyani tiyib turish jarayoni yanada faollashdi. Xitoyning global maydondagi ambitsiyalari anchagina kuchaydi”, – deydi Rabbimov.
Siyosiy tahlilchi Abduvali Soyibnazarov ham shu fikrda. “G‘arbning MO bo‘yicha siyosatidagi ustuvor masala – Xitoy va Rossiyani geosiyosiy jihatdan tiyib turish. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo 2020 yil fevral oyida Markaziy Osiyoga tashrifi mobaynida: “Biz MO davlatlari uchun Rossiya, Xitoy bilan kurash olib bormaymiz, balki bu davlatlarning suverenitetini himoya qilamiz” deb ta’kidlagan edi. Ammo Ukraina voqealari G‘arbni sergaklikka chorladi va mintaqadagi geosiyosiy muvozanatga e’tiborini kuchaytirishga undadi”, deydi u.
Markaziy Osiyo davlatlari esa G‘arbdan investitsiyalar, hamkorlik masalasida munosabat o‘rnatishdan manfaatdor, deydi Soyibnazarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1974 yilda AQSh tomonian kommunistik blok mamlakatlariga qarshi joriy etilgan savdo cheklovlari – Jyekson Venik qonuni bekor qilinishi muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislarning mavzu borasidagi fikrlari bilan to‘liq holda video orqali tanishishingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat | 17:23
-
China Southern Airlines O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi
O‘zbekiston | 17:14
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi
O‘zbekiston | 17:14
-
1 apreldan Rossiyadagi migrantlarga bir qator cheklovlar kuchga kirdi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

21:00 / 31.03.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov

19:37 / 30.03.2025
Putinning taklifi va Yevropaning ritorik qat’iyati – geosiyosiy hafta tahlili

18:15 / 29.03.2025
Turkmanistonda YeI va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

14:16 / 29.03.2025