Eronda Ibrohim Raisiy vertolyoti halokati bo‘yicha tergov yakunlandi
Halokatga sabotaj yoki qandaydir hujum sabab bo‘lgani haqida dalil topilmagan.

Foto: AP
May oyida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti halokatiga noqulay ob-havo sharoiti va texnik nosozlik sabab bo‘lgan, deb xabar berdi Fars agentligiga tayanib Arab News.
Tergov natijalariga ko‘ra tuzilgan dastlabki hisobotda aytilishicha, halokatga sabotaj yoki qandaydir hujum sabab bo‘lgani haqida dalil topilmagan.
«Raisiyning vertolyot halokati bo‘yicha tergov yakunlandi... bu baxtsiz hodisa ekanligi aniq», dedi Fars nashriga o‘zini oshkor etmagan xavfsizlik xodimi.
Falokatning ikki sababi aniqlangan: noqulay ob-havo sharoiti va vertolyot yukni ko‘tara olmagani. Oqibatda u tog‘ga qulagan. Tergov shuni ko‘rsatganki, vertolyotda xavfsizlik protokollarida nazarda tutilganidan ikki kishi ko‘proq bo‘lgan.
Oliy rahbar Ali Xomanaiyning ehtimoliy vorisi va keskin siyosat tarafdori Ibrohim Raisiy Ozarbayjon bilan chegara yaqinidagi tog‘li hududda vertolyot halokatida olamdan ko‘z yumgan edi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025