Zomin aeroportiga yirik samolyotda sinov parvozi amalga oshirildi
Toshkentdan parvoz qilgan Airbus A320 samolyoti Zomin aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Foto: Videodan kadr
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Airbus A320 samolyotida Jizzax viloyatining Zomin aeroportiga sinov parvozini amalga oshirdi.
Parvoz aeroportning o‘rta magistral samolyotlarni qabul qilish imkoniyatini tekshirishga qaratilgan.
22 iyun kuni Toshkentdan parvoz qilgan samolyot Zomin aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Zomin aeroporti 2023 yilda foydalanishga topshirilgan va shu vaqtgacha Let L-410 rusumidagi kichik havo kemalarini qabul qilib kelayotgan edi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, tez orada aeroportga o‘rta magistral samolyotlar muntazam parvoz qilishni boshlaydi.
Mavzuga oid

12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi

10:10 / 27.12.2024
Zomin aeroporti 27 dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi

18:24 / 25.12.2024
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi

13:28 / 10.12.2024