Ayrim bino va inshootlarni ro‘yxatga olish va topshirish muddati o‘zgarmoqda
Muqaddam 2024 yil 1 apreldan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilgan bino va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilmasligi belgilangan edi.

Foto: Kun.uz
Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Muqaddam 2024 yil 1 apreldan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilgan bino va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilmasligi belgilangan edi.
Mazkur normaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, obektlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishmasdan va hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qurilish-montaj ishlari bajarilgan (qisman yoki to‘liq) bino va inshootlar bo‘yicha instrumental texnik tekshiruv xulosasini olgan holda, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tkazish hamda shu asosda foydalanishga ruxsat berish ishlari 2024 yil 31 dekabrdan to‘xtatiladi.
Mavzuga oid

08:46
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

13:28 / 07.03.2025
Bosh prokuratura ekologiya va qurilish sohasi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

20:21 / 04.03.2025