Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yakkasaroy tumanida Matiz, Lacetti, Spark va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketdi, 2 kishi jarohat oldi.

Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, joriy yilning 13 may kuni soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida YTH qayd etilgan.
1972 yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. boshqaruvidagi Matiz, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi Lacetti, 1982 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. boshqaruvida bo‘lgan Spark va 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi S.D. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:41 / 11.02.2025
Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

07:47 / 07.01.2025
Toshkentda noqonuniy tarzda dori savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

16:00 / 30.11.2024
Yakkasaroy tumanida «Isuzu» va Cobalt to‘qnashdi

07:30 / 25.09.2024