Jamiyat | 16:41 / 11.02.2025
2841
2 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroyda yangi qurilayotgan binoda yong‘in yuz berdi

FVBga ko‘ra yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Foto: FVV

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 11 fevral kuni soat 15:20 da Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan bino yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 15:28 da yetib borib, yong‘in soat 15:45 da qurshab olingan va 16:05 da o‘chirilgan.

«Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in chiqqani, Toshkentda ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid