«Messi bilan birga o‘ynashni istardim» – Abbosbek Fayzullayev orzusi haqida
TsSKA klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev futboldagi orzusi Lionel Messi bilan birga o‘ynash ekanini aytdi.

Foto: TsSKA
Yakshanba kuni Fayzullayev va TsSKA darvozaboni Vladimir Shayxutdinov TsSKA va «Zenit» basketbol jamoalari o‘rtasidagi bahsni zalda kuzatdi. Shu kuni rossiyalik mashhur hokkeychi Aleksandr Ovechkin ham o‘yinni kuzatib bordi.
— Aleksandr Ovechkinni ko‘rdingizmi, uni taniysizmi?
— Ha, u afsonaviy hokkeychi, uni ko‘rdim.
— Ovechkinning orzusi – Maykl Jordan bilan suratga tushish ekanini aytgan. Sizda-chi?
— Men Lionel Messi bilan birga to‘p surishni istardim, - deydi Fayzullayev MatchTV muxbiri bilan suhbatda.
Avvalroq, o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchi «Barselona»da to‘p surishni orzu qilishini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid

16:46 / 12.12.2024
Fayzullayevning transfer bahosi yana 2 million yevroga oshdi

21:17 / 03.12.2024
Fransiya klubi Abbosbek Fayzullayev uchun 15 million yevro to‘lashga tayyor – OAV

17:46 / 29.10.2024
Abbosbek Fayzullayev - Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!

16:08 / 18.10.2024