Tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi yerlari unumdorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan 2024-2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2024-2025 yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun subsidiya ajratish tajribasi o‘tkaziladigan tumanlar ro‘yxati;
paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.
Hujjat bilan paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
- subsidiya ajratish shartlari;
- subsidiya olish xohishini bildirgan
- yerdan foydalanuvchilarning ro‘yxatini shakllantirish tartibi;
- ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi;
- subsidiya ajratish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tartibi;
- paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini nazorat qilish tartibi.
Mavzuga oid

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

10:18 / 07.03.2025
DXX yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

08:44 / 25.02.2025