Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
11-raund yakunlanganidan keyin meksikalik raqib jangni davom ettira olmadi. Bungacha u nokdaun holatiga ham tushgandi.

Foto: Ed Mulholland/Matchroom.
25 fevral tongida AQShning Florida shtati Orlando shahrida boks oqshomi tashkil etildi. Ushbu professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim o‘rta vazn (–66,6 kg) toifasida o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (15-0, 9 KO) meksikalik Pablo Tsezar Kanyoga (35-9-1, 25 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang 12 raund etib belgilangandi, ammo 11-raund yakunlangan paytda Tsezar Kanyo jarohat olib, jangni davom ettira olmadi.
Hakamlar g‘olibni ochkolar hisoblash evaziga aniqlashdi. Uchala hakam ham G‘iyosovning g‘alabasini e’tirof etdi (109-99).
Jangning uchinchi raundida Shahram raqibini nokdaun qilishga ham muvaffaq bo‘lgandi.
Shakram Giyasov DROPS Pablo Cesar Cano WITH A HUGE BODY SHOT ⚡️
— DAZN Boxing (@DAZNBoxing) February 25, 2024
Watch #BerlangaMcCrory Live on https://t.co/FoiaUucI53 pic.twitter.com/S4hj0IGcCc
Bu o‘zbekistonlik bokschining professional faoliyatidagi 15-g‘alabasi bo‘ldi, shundan to‘qqizta jang muddatidan oldin yakunlangan.
Shu tariqa, G‘iyosov yarim o‘rta vazn (–66,67 kg) toifasida WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylandi.
Mavzuga oid

17:43 / 10.03.2025
Muhammad Ali uchun o‘ch: Taysonning tarixiy jangi haqida

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

00:13 / 29.12.2024