Andijonda mast haydovchi YPX xodimini urib yubordi
Qoidabuzar qo‘lga olingan.

Andijon viloyati Xonobod shahrida «Spark» mashinasi ko‘chada xizmat vazifasini olib borayotgan YPX xodimini urib yuborgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsitdinovning ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 28 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Tez harakatlanib borgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib bir vaqtning o‘zida to‘xtab turgan mashina va uning yonida bo‘lgan YPX xodimi hamda haydovchini urib yuborgan.
Oqibatda YPX xodimi va uning yonida bo‘lgan boshqa haydovchi tan jarohatlari olishgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat

17:49 / 24.01.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

11:45 / 29.12.2024