Toshkent − Xo‘jakent yo‘nalishida elektropoyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi
8 noyabrdan boshlab Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent yo‘nalishida elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

2023 yilning 8 noyabr kunidan boshlab Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, bu harakat tarkibini modernizatsiya qilish sababli ro‘y bergan.
8 noyabrdan quyidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi:
- 6435/6436-sonli Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent yo‘nalishi;
- 6441/6442-sonli Toshkent − Xo‘jakent − Toshkent yo‘nalishi.
Harakat qachondan boshlab qayta tiklanishi noma’lum.
Mavzuga oid

11:52 / 23.01.2025
Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi

10:49 / 07.01.2025
Toshkent - Xo‘jakent elektropoyezdi endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi

13:54 / 06.12.2024
Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd yo‘lga qo‘yildi

22:20 / 02.12.2024