Xitoy Xonobodda yopiq muz kurorti qurishni rejalashtiryapti
Loyiha qiymati 12 mln dollarni tashkil etadi. Unda 500 o‘rinli avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Andijonda Xitoy investitsiyasi asosida yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Xitoydan tashrif buyurgan investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida turizm sohasini rivojlantirish va xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida 4 gektar maydonda yopiq muz kurortini qurish masalalari ko‘rib chiqildi.
Loyiha qiymati 12 mln dollarni tashkil etib, yopiq muz kurortida 500 ta avtomobil kirish imkoniyatiga ega avtoturargoh, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish faoliyatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Loyiha 365 kun, 24 soat mobaynida ishlash quvvatiga mo‘ljallangan holda ishlab chiqilgan. Loyiha uchun ajratiladigan joy Xonobod shahridan taklif etilgan.
Shuningdek, tomonlar mevalarni qayta ishlash orqali eksportni amalga oshirish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Mavzuga oid

15:39
Xitoy AQSh qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bojlar joriy qildi

12:02
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

09:21 / 10.03.2025