Rostovda Ukrainadan qaytgan mahbus va sobiq «vagnerchi» qotillik uchun qamaldi
Safarbarlikdan so‘ng, «Vagner» XHKga yollangan jinoyatchi Rostov-Donda kvartirasini ijaraga olmoqchi bo‘lgan ayolni o‘ldirdi.

Foto: Telegram / don_mash
Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun afv etilgan jinoyatchi Sergey Rudenko 13 sentabr, chorshanba kuni Rostov-Don sudi tomonidan yangi qotillik va o‘g‘rilik uchun 11,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Rostov viloyati prokuraturasi va Rossiya Tergov qo‘mitasi (TQ) viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil aprel oyida 34 yoshli Sergey Rudenko Rostov shahridagi Jmaylov ko‘chasidagi kvartirani ijaraga olmoqchi bo‘lgan, biroq 52 yoshli uy egasi bilan narx bo‘yicha janjallashib qolgan. Natijada, erkak unga bir necha marta pichoq urgan va oyoq kiyimining bog‘ichi bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan, so‘ng jabrlanuvchining telefonini olib, qochib ketgan.
Urushdan qaytgan mahbuslarning jinoyatlari
Shu bilan birga, «Mediazona» internet nashri sud ma’lumotlari bazasida 2018 yilda Rostovda Rudenko familiyasiga ega shaxsga nisbatan chiqarilgan hukmni topdi. O‘shanda ayblanuvchi ayol kishini o‘ldirgani uchun 10 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilingan. O‘zaro janjal davomida u ayolni shnur va kamar bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan, shundan so‘ng zargarlik buyumlari va jihozlarini o‘g‘irlagan.
«Rostovskaya oblast segodnya» internet-nashri va Don Mash Telegram-kanali Sergey Rudenko koloniyada yollangan «Vagner» XHK jangchisi bo‘lganini yozadi. «Mediazona» xabariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainadagi urushdan qaytgan mahbuslar tomonidan o‘ndan ortiq qotillik va boshqa jinoyatlar sodir etilgani ma’lum.
Mavzuga oid

13:52 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi

13:29 / 05.04.2025
Volgogradda 11 nafar o‘zbekistonlik vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgani aytildi

17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi

15:35 / 25.11.2024