Toshkentdagi 3 ta markaziy masjidga yangi imom-xatiblar tayinlandi
Toshkent shahridagi qator markaziy masjidlarga yangi imom-xatiblar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.

Foto: muslim.uz
Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:
- Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
- Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
- “Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Bundan oldin Sayyid Rahmatulloh Termiziy nomi bilan tanilgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov Toshkent shahridagi “Minor” masjidi imom-xatibi etib tayinlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:14 / 05.03.2025
Sankt-Peterburgdagi “kichik Samarqand” yoxud Buxoro amiri qurdirgan masjid haqida bilasizmi?

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

17:08 / 30.08.2024
Toshkentdagi Mulla Xolmirza ota masjidi zamonaviy ko‘rinishda qayta qurilmoqda

07:25 / 13.06.2024