Mehnat resurslari soni eng ko‘p bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
2022 yilda O‘zbekistonda mehnat resurslari soni qariyb 19,5 mln kishini tashkil etgan.

Foto: Kun.uz
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida mehnat resurslari soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 2 160,4 ming kishi.
Undan keyingi o‘rinlardan mehnat resurslari soni mos ravishda 2 095,5 ming kishi va 1 916,8 ming kishini tashkil qilgan Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahri joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Qashqadaryo viloyati – 1 819,3 ming kishi;
- Andijon viloyati – 1 777,9 ming kishi;
- Toshkent viloyati – 1 616,3 ming kishi;
- Namangan viloyati – 1 592,8 ming kishi;
- Surxondaryo viloyati – 1 469 ming kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1 074,6 ming kishi;
- Buxoro viloyati – 1 073,4 ming kishi;
- Xorazm viloyati – 1 050,1 ming kishi;
- Jizzax viloyati – 791,1 ming kishi;
- Navoiy viloyati – 570,2 ming kishi;
- Sirdaryo viloyati – 487,2 ming kishi.
Mavzuga oid

08:13 / 27.02.2025
1 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

10:12 / 22.02.2025
Uch hududda 530 mln so‘mdan ortiq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

11:15 / 07.02.2025
O‘zbekiston va Malayziya muhim resurslar sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi

09:25 / 27.01.2025