Farg‘ona va Inchxon o‘rtasida birodarlashgan hududlar kelishuvi imzolandi
Koreyaning Inchxon shahri hokimining barqaror rivojlanish hamda siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Xen Suk Li boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Foto: Dunyo
Inchxon shahri delegatsiyasi viloyat hokimi tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda Farg‘ona viloyati bilan Inchxon shahri o‘rtasida iqtisodiy-investitsion aloqalarni hamda ijtimoiy, madaniy boshqa qator sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Iqtisodiyoti va sanoati o‘ta rivojlangan, xalqaro biznes markazlaridan biri bo‘lgan Inchxon shahri bilan Farg‘ona viloyati o‘rtasida hududlararo hamkorlikni ko‘p tomonlama rivojlantirishga kelishib olindi.
Janubiy Koreyaning eng yirik aeroporti joylashgan Inchxondan Farg‘ona shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish masalasini tezlashtirish bo‘yicha fikr almashildi. Xen Suk Li Farg‘ona viloyati delegatsiyasini Inchxonga taklif qildi.
Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati va Inchxon shahri o‘rtasida savdo, investitsiya, fan, ta’lim, madaniyat, san’at, sport, turizm va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlikni ko‘zda tutgan birodarlashgan hududlar kelishuvi imzolandi.
Mavzuga oid

22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi

15:33 / 12.03.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

11:14 / 25.02.2025
Farg‘onada kompyuter klubi xodimlarini kaltaklaganlar qamoqqa olindi

21:44 / 24.02.2025