Apple kompaniyasining smartfon bozoridagi asosiy raqobatchisi ma’lum bo‘ldi
Samsung kompaniyasi dunyo bozorida hamon ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 2022 yilda smartfonlar sotuvidagi o‘z ulushini saqlab qoldi va hamon Apple kompaniyasining asosiy raqobatchisi bo‘lib turibdi. Biroq yetakchilik hali ham iPhone ishlab chiqaruvchisida qolmoqda. Bu haqda Counterpoint Research kompaniyasining yangi hisobotida aytiladi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, 2022 yilda Apple smartfonlar daromadi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolgan. Amerika korporatsiyasi hatto o‘z ulushini oshirdi, Samsung esa boshqa sotuvchilardan farqli o‘laroq, status-kvoni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, mobil qurilmalarning umumiy savdosi yiliga 3 foizga qisqarganiga qaramay, Apple o‘z ulushini 37,1 foizdan 42 foizga oshirgan. Samsung esa, o‘z navbatida, 2021 yilning uchinchi choragida 18,5 foiz, joriy yilda esa 18,3 foiz ulushga ega bo‘ldi.
Umumiy sotuvlar hajmida 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan telefonlar miqdori 46 foizni tashkil qilgan, bu esa yangi rekorddir.
Mavzuga oid

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

17:09 / 23.03.2025
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi

17:43 / 22.03.2025
Apple buklanuvchan va ikki ekranli Apple Watch uchun patent oldi

21:05 / 19.03.2025