Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
Savdolar davomida Appleʼning birinchi kompyuteri 375 ming dollarga sotildi.

Foto: MacRumors
Amerikaning RR Auction kimoshdi uyi noyob va to‘liq soz holatda bo‘lgan Apple-1 kompyuterini 375 ming dollarga sotdi, deb xabar beradi MacRumors portal.
Apple-1 bu — Apple asoschilari Stiv Jobs va Stiv Voznyak tomonidan yaratilgan va sotilgan shaxsiy kompyuter hisoblanadi. U 1976 yilda ishlab chiqarilgan kompyuterlarning birinchi avlodi bo‘lib, shaxsan Jobs tomonidan qo‘lga tushirilgan seriya raqamlari bilan ajralib turadi.
Qayd etilishicha, kimoshdiga qo‘yilgan kompyuter juda yaxshi holatda saqlangan va Appleʼning ilk xodimlaridan biri hisoblanuvchi Deniel Kottkening original qo‘llanmasi bilan qo‘shib sotilgan.
Stive Jobs and the Apple Revolution nomi ostida o‘tgan mazkur kimoshdi savdolari davomida Apple tarixiga bog‘liq boshqa noyob lotlar ham sotuvga qo‘yilgan. Ular orasida Jobsning imzosi tushirilgan 1976 yilgi chek — 112 ming dollarga, 4 gigabayt xotiraga ega birinchi avlod iPhone qurilmasi — 87,5 ming dollarga sotilgan.
Shuningdek, Apple Lisa kompyuteri 56,8 ming dollarga baholangan. Savdolar davomida jami 1 million 308 ming dollar to‘plangan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda birinchi Apple kompyuteri – Apple-1’ning prototipi auksionda 815 ming dollarga sotilgan edi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini saylay olmadi
Jahon | 09:37
-
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi
Iqtisodiyot | 09:25
-
Magistraturaga qabul davom etmoqda
O‘zbekiston | 09:00
-
Zelenskiy: Rossiya bilan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifi kuchda qolyapti
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

16:11 / 12.04.2025
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi

21:17 / 10.04.2025