Toshkentdan viloyatlarga avtobuslar qatnovi to‘xtamasligi ma’lum qilindi
Toshkent avtovokzali e’lon qilgan rasmiy e’lon o‘chirib tashlandi. Transport vazirligi shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilayotgani, ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligi xabarida bugungi qatnovlar ro‘yxati keltirilgan:
- 15:00 | Toshkent – Urgench (chipta narxi 155 000 so‘m)
- 16:00 | Toshkent – Qorako‘l. (95 000 so‘m)
- 17:00 | Toshkent – Uzun (135 000 so‘m)
- 18:00 | Toshkent – Buxoro (89 000 so‘m)
- 18:00 | Toshkent – Termiz (119 000 so‘m)
- 18:30 | Toshkent – Xiva (155 000 so‘m)
- 18:30 | Toshkent – Denov (125 000 so‘m)
- 19:00 | Toshkent – Termiz (119 000 so‘m)
- 19:30 | Toshkent – Buxoro (89 000 so‘m)
- 20:30 | Toshkent – Buxoro (89 000 so‘m)
Chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda avtoticket.uz yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin, deyiladi vazirlik axborotida.
Mavzuga oid

07:45 / 13.01.2025
Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

14:55 / 30.04.2022
Qo‘shnilar bilan avtobus qatnovlari tiklandi. Avtovokzaldan reportaj

19:05 / 19.03.2022
Kassada chipta yo‘q, narxlar esa 2-3 barobar qimmatlagan - Toshkent avtovokzalidan reportaj

08:43 / 22.04.2021