Toshkent – Kumushkon yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Poytaxtni bevosita Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘nalishda mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda aholiga qulay bo‘lgan transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsad qilingan.
Sayyohlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri poytaxtdan Kumushkon qishlog‘iga olib boruvchi mikroavtobuslar buyurtma asosida xizmat ko‘rsatadi.
Mikroavtobuslar harakati “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi “Muhammad Yusuf” bekatidan boshlanadi.
Mavzuga oid

11:20 / 28.03.2024
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi

09:30 / 10.09.2023
Kumushkonda II-VI asrlarga oid qabr topildi

13:26 / 05.05.2023
Qamchiq dovonida mikroavtobuslar qatnoviga ruxsat berildi

10:43 / 12.08.2022